- 
declaration- bu o'zgaruvchilar e'lon qilish
int son;
- 
assignment- bu o'zgaruvchiga qiymat o'zlashtirish.
son = 25;
- 
initalization- o'zgaruvchini e'lon qilish vaqtida birdaniga qiymat berish.
int boshqaSon = 24;
O'zgaruvchiga nom berish
O'zgaruvchilarga nom berishda ma'lum qoidalar mavjud:
- o'zgaruvchi nomi harflar, raqamlar va underscore(_belgisi)dan iborat bo'lishi mumkin.
- 
_belgisidan boshqa har qanday belgi ishlatish mumkin emas
- o'zgaruvchi nomi raqam bilan boshlanmaydi
- o'zgaruvchi nomi sifatida *kalit so'zlar*dan foydalanish mumkin emas.
> Masalan: int, for, char, float, double, ...kalit so'zlarga misollar
int new year;   // xato, nomda bo'sh katak ishlatish mumkin emas
int 2022year;   // xato, raqam bilan boshlash mumkin emas
int new-year;   // xato, maxsus belgilar ishlatish mumkin emas
int for;   // xato, kalit so'z 'for' ishlatish mumkin emas
  
  
  O'zlashtirish/Assignment
- 
o'zlashtirish operatori =o'zidan o'ng tomondagi qiymatni o'zidan chap tomondagi o'zgaruvchiga o'zlashtiradi, ya'ni qiymatni ko'chirib o'tkazadi.- 
=operatorining chap tomonida doimo o'zgaruvchi turishi shart.
- 
=operatorining o'ng tomonida o'zgaruvchi, o'zgarmas son yoki ifoda bo'lishi mumkin
 
- 
int a = 5;   // operator o'ng tomonida o'zgarmas qiymat
int b = a;   // operator o'ng tomonida o'zgaruvchi
int c = a + b; // operator o'ng tomonida ifoda
7 = a;  // xato, operator chap tomonida o'zgaruvchi turishi shart
Zanjir ifoda
- bir vaqtning o'zida bir nechta o'zlashtirish amallarini zanjir qilib yozish mumkin
- har bir operator chap tarafida o'zgaruvchi turishini ta'minlash shart
- o'zlashtirish o'ngdan chapga qarab amalga oshiriladi
int a = 10;  // a ning qiymati 10 ga teng
int b = a + 10;   // b ning qiymati 20 ga teng
int c = a + b;   // c ning qiymati 30 ga teng
int d = a + b + c;  // d ning qiymati 60 ga teng
cout << a << " " << b << " " << c << " " << d << endl;
// 10 20 30 60
a = b = c = d;
cout << a << " " << b << " " << c << " " << d << endl;
// 60 60 60 60
Yuqoridagi a = b = c = d ifodasining ma'nosi 1. c = d -> 2. b = c -> 3. a = b ga teng.
 
 
              
 
    
Top comments (0)