string va maxsus belgilar
Avvalgi postimizda yozganimizdek, C++ tilida tekstlar string deb ataladi va qo'shtirnoq " " orasida yoziladi.
cout << "Salom dunyo!" << endl;
  
  
  1️⃣ \ - escape character
- ushbu belgi string/tekst ichida maxsus komandalar/belgilar yozish uchun ishlatiladi.
string ichida yozish mumkin bo'lmagan ba'zi belgilar mavjud. Masalan: U "zo'r" bola. deb chop etish uchun C++ da "U "zo'r" bola." deb yozish xatolik beradi. Bunga sabab string ichida " belgisi ishlatisa, string tugaganini anglatadi.
string ichida shunga o'xshash ta'qiqlangan belgilarni yozish uchun \ ishlatiladi.
cout << "U \"zo'r\" bola." << endl;
------------natija-------------
U "zo'r" bola.
\ belgisini o'zini chop etish uchun nima qilamiz 🤔?
\\qilib yoziladi
cout << "Bugun \\ belgisini asl kuchini ko'rdik!" << endl;
------------natija-------------
Bugun \ belgisini asl kuchini ko'rdik!
  
  
  2️⃣ \n - yangi qator
- ushbu maxsus belgi string register ichiga yozilsa, shu stringni chop etishda \n bor joydan boshlab keyingi qator o'tib ketadi.
cout << "Salom\ndunyo" << endl;
------------natija-------------
Salom
dunyo
  
  
  3️⃣ \t- TAB
- 
stringichiga yozilganda tekst ichiga TAB bo'sh joy chop etadi
cout << "olma\tanor\tbexi" << endl;
------------natija-------------
olma   anor   bexi
  
  
  4️⃣ \b- backspace
- oxirgi chop etilgan belgini o'chiradi
cout << "Salom\b" << endl;
------------natija-------------
Salo
  
  
  5️⃣ \r- carriage return
- chop etilayotgan qatorda kursorni qator boshiga olib keladi. Yana chop etishda davom etilsa avval yozilgan tekstlarni o'chirib ustiga yozib yuboradi
cout << "Github 'vashshe' malades 🌟\rIlmhub" << endl;
------------natija-------------
Ilmhub 'vashshe' malades 🌟
Topshiriqlar 🎖
- Qiyudagi kod nima chop etadi?
cout << "bexi\ranor\rolma\b" << endl;
- Quyidagi stringni C++ da chop eting.
\    /\
 )  ( ')
(  /  )
 \(__)|
 

 
    
Top comments (2)
👍👍👍
Hey, thanks 🙃