DEV Community

Cover image for Computer Vision: from 0 to HERO (intro)
Sadikov Dev
Sadikov Dev

Posted on

Computer Vision: from 0 to HERO (intro)

Computer Vision haqida o'zbekcha ma'lumotlar haddan tashqari kamligi sababli Stanford Universiteti talabalariga 2015, 2016, 2017-yillar mobaynida o'rgatilib, o'qitilib kelingan ingliz tilidagi ma'lumotlarni o'zbek tiliga tarjima qilishga qaror qildik.

** Haq Taoloning izni va marhamati ila ushbu seriyamizni boshladik**

1-dars. Computer Visionga kirish

Python Numpy qo'llanmasi (Jupyter va Colab bilan)

Biz ushbu kursdagi barcha topshiriqlar uchun Python dasturlash tilidan foydalanamiz. Python ajoyib dasturlash tilidir va u bir nechta mashhur kutubxonalar (numpy, scipy, matplotlib) yordamida u ilmiy hisoblash uchun kuchli muhitga aylanadi.

Ko'pchiligingiz Python va numpy bilan tajribaga ega bo'lishingiz hech gap emas, qolganlar uchun esa ushbu bo'lim Python dasturlash tili va undan ilmiy hisoblash uchun foydalanish bo'yicha tezkor kurs bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, biz Python kodi bilan ishlashning juda qulay usuli bo'lgan daftarlarni (Jupyter Notebooklar) ham taqdim etamiz.

Mundarija

  • Jupyter va Colab notebooklari
  • Python
    • Python versiyalari
    • Ma'lumotlarning asosiy turlari
    • Konteynerlar
      • Ro'yxatlar
      • Lug'atlar
      • Setlar
      • Tupllar
    • Funksiyalar
    • Sinflar (Class'lar)
  • Numpy
    • Massivlar
    • Massiv elementlarini indekslash
    • Ma'lumotlar turlari
    • Matematik masalalar uchun massivlar
    • Massivlar ustida amallar (broadcasting)
    • Numpy haqida (Numpy documentation)
  • SciPy
    • Rasm operatsiyalari
    • MATLAB fayllari
    • Nuqtalar orasidagi masofa
  • Matplotlib
    • Syujet tuzish
    • Subplots
    • Tasvirlar

Computer Vision ga bag'ishlangan ushbu kichik o'ziga xos kursimiz yuqoridagi mundarija asosida davom etadi. Kursimiz davomida foydalanadigan barcha turdagi ma'lumotlarimiz uchun Stanford University ilmiy xodimlari va talabalariga o'z minnatdorchiligimizni bildirib o'tamiz.

Top comments (0)