1-dars: Jupyter va Google Colab noutbuklari
Pythonga kirishdan oldin, biz notebooklar haqida qisqacha so'z yuritamiz. Jupyter noutbuki veb brauzeringizda localhostda Python kodini yozish va bajarish imkonini beradi. Jupyter noutbuklari kod bilan ishlashni va uni qismlarga bo'lib bajarishni juda osonlashtiradi. Shuning uchun ular ilmiy hisoblashda keng qo'llaniladi.
Colab - bu Google kompaniyasining Jupyter noutbuklari bo'lib, u mashinani o'rganish (machine learning) va ma'lumotlarni tahlil qilish (data analysis) uchun juda mos keladi va butunlay bulutda ishlaydi. Colab asosan hech qanday sozlashlarni talab qilmaydi, ko'plab kerakli paketlar bilan birga o'rnatiladi va undagi yozuvlarni boshqalar bilan baham ko'rish ham juda qulay.
Yakuniy xulosa sifatida shuni aytib o'tishimiz mumkinki, ushbu notebook'lar bir vaqtning o'zida pythonda yozilgan kodlarni bajarib berish, shu bilan birgalikda izohlar va matnlar bilan boyitish imkonini beradi
Top comments (0)