DEV Community πŸ‘©β€πŸ’»πŸ‘¨β€πŸ’»

Wahid Abduhakimov
Wahid Abduhakimov

Posted on • Updated on

Kirish | C++ boshlang'ich

C++ shablon kod

#include <iostream>

using namespace std;

int main()
{
    cout << "Salom dunyo!" << endl;
    return 0;
}
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

iostream

  • #include <iostream> (input/output stream) ya'ni kiritish chiqarish oqimini boshqaradigan kutubxonani qo'shish

std::

  • using namespace std; (standard) std maydondagi nomlarni ishlatilishi e'lon qilish. Buning vazifasi std:: qayta-qayta yozavermaslik uchun kerak.

kodga kirish

  • int main() funksiyasi C++ dasturiga kirish eshik hisoblanadi. U C++ dasturida mavjud bo'lishi shart va yagona bo'lishi shart.

console out

  • cout komandasi console konsulga chop etish uchun ishlatiladi. cout *console*ga tekstlar va sonlar va chop eta oladi

tekstlar va sonlar

  • C++ dasturlash tilida tekstlar string deb ataladi va qo'shtirnoq " " orasida yoziladi

Masalan:
"222222" - bu string ya'ni tekst
22222 - bu esa son. stringdan farqli o'laroq son ustida arifmetik amallar bajarsa bo'ladi.

yangi qator

  • chop etish davomida keyingi qatorga o'tish uchun endl komandasi ishlatiladi.

ifodani yakunlash

  • C++ da har bir ifoda oxiriga ; qo'yilishi shart

dasturni yakunlash

  • dasturni muvaffaqiyatli yakunlanganini Operatsion Sistemaga aytish uchun int main() yakunida return 0; yoziladi

Topshiriqlar

  1. Quyidagi shaklni C++ dasturda yordamida chop eting.
222222
2    2
2    2
222222
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

O'zingizni sinab ko'ring! πŸ‘‰ GO

Top comments (0)

🌚 Friends don't let friends browse without dark mode.

Sorry, it's true.