DEV Community

Abduvohid
Abduvohid

Posted on

Dotnet. Kirish. Arxitekturasi. 1.1-video.

Dastur davomida objectlar bir biri bilan muloqot qiladi va ma'lumot almashadi.

Object ichida ma'lumot(property) va shu object bajaradigan funksiya(method) bo'ladi.

Object yaratishdan oldin andoza(maket) yaratib olinadi. Bu - class deyiladi.

Dastur kattalashgan sari classlar soni ham oshib boradi va ularni tartiblash ehtiyoji yuzaga keladi. C# da classlar namespace ostdida birlashtiriladi. Namespaceni kompyuter xotirasidagi papkalarga taqqoslasak bo'ladi, ya'ni o'xshash classlar bir xil papkada saqlanadi va bir xil namespace ga ega bo'ladi.

Namespacelar birlashib Assembly hosil qiladi. DotNetda har bir loyiha bitta assembly hosil qiladi, lekin butun boshli biznes amalini bajaruvchi katta loyiha bir nechta kichik loyihalardan tashkil topadi va shu mini loyihachalar alohida assembly hisoblanadi.

Top comments (0)