DEV Community

Wahid Abduhakimov
Wahid Abduhakimov

Posted on

Terminal komandalar | Part 4

alias

Bu komanda takroriy ishlatiladigan komandalar uchun yangi nickname(taxallus) beradi.

  • alias datedir='mkdir $(date "+%d-%m-%Y")' - ushbu komanda bugungi sana nomi bilan papka yaratadigan uzuuuuun komandaga qisqa nom beradi. Endi datedir deyish orqali bugungi sana nomi bilan papka yaratsa bo'ladi.
  • alias komandasi bitta terminal session uchun ishlaydi holos

date

Bu komanda hozirgi vaqtni chop etish uchun ishlatiladi.

  • date deb yozsa, Mon Mar 14 17:55:28 +05 2022 formatda sanani chop etadi
  • date '+%d-%m-%Y' komandasi sanani chop etishda dd-mm-yyyy formatda chop etadi. 14-03-2022
  • date '+%d/%m/%Y' komandasi 14/03/2022 ni chop etadi

Top comments (0)