- 1. Assalomu alaykum barchaga. Demak hozir biz ma'lumotlarni turlari haqida va ularni saqlovchilarining turlarini ko'rib chiqamiz. Birinchi bo'lib
int
=> bu integer so'zining qisqartmasi va butun sonlarni saqlash uchun foydalaniladi. Xotiradan esa 4 bayt joy egallaydi. Ma'lumot o'rnida 4 bayt joyimizga - 2 mlrd dan + 2 mlrd gacha butun sonlar sig'adi. - 2. Endi esa
float
haqida gaplashamiz. Ma'lumotlarning bu turi kasr sonlarni xotiraga saqlaydi. Bu ham xotiradan 4 bayt joy egallaydi. Hozirint
vafloat
ikkisinidan foydalanib bitta misol ko'ramiz tushinarli bo'lishligi uchun.
#include <iostream>
using namespace std;
int main () {
int son = 4;
float sonn = 4;
cout << son/3 << endl;
cout << sonn/3 << endl;
return 0;
}
Yuqorida dastur kodini ko'rib turibsiz hozir dastur natijasini havola qilaman int
va float
ni farqini yaqqol ko'rasiz
Mana ko'rganingizdek int
tipida saqlangan kodni qarasak javobda 1 turibti. Ya'ni bundan anglashiladiki int
faqat butun qismini oladi. Float
esa kasr qismini ham oladi javobini ko'rganingizdek 1.3333 holatida turibti.
Endigi navbatimiz string
tipiga bu tip tekstlarni saqlashda foydalaniladi. Yani manabu shaklda:
#include<iostrem>
using namespace std;
int main () {
string ism="Jamshidbek";
string test="Salom";
cout << 2+2 << endl;
cout<< ism + test;
return 0;
}
cout <<"Salom" + "Jamshidbek";
=> bu tarzda tekstlarni to'g'ridan to'g'ri qo'shib bo'lmaydi. Shuning uchun string
tipida alohida o'zgaruvchi sifatida e'lon qilib keyin qo'shsa bo'ladi yuqoridagi misol kabi. Natijasini ham quyida havola qilaman.
Mana bunday tarzda tekstlarni qo'shib beradi.
Endi char
tipi haqida gaplashsak ham bo'ladi. Char inglizcha character so'zining qisqartmasi va bu bittagina belgi saqlaydi. Hatto 2 ta belgi ham xotirasiga sig'maydi. ASCII jadvalida belgilar to'plami mavjud bo'lib shuni aytib o'tish kerakki har bir belgi ortida qandaydir son mavjud bo'ladi. Chunki biz foydalanib turgan kompyuterimiz hech qanday belgilini tushinmaydi faqat raqamlarni tushinadi holos. Ya'ni har bir belgi aslida kompyuterga qandaydir raqam orqali ifoda qilib beriladi. int
va char
birgalikda kelgan misol ko'ramiz tushinarli bo'lishligi uchun.
#include<iostrem>
using namespace std;
int main () {
int son1 = '!';
char son2 = 33;
cout << son1 << endl;
cout << son2 << endl;
return 0;
}
Yuqorida ataydan int
tipiga belgi e'lon qilingan va char
tipiga esa butun son, negaki natijada biz ko'rishimiz mumkin aksi bo'lib chiqadi ya'ni biz belgi ortida rostan ham son bor ekanligini ko'rsatish uchun shunday qilingan. Natijaga qarang
Natijadan ko'rinadiki ! belgisi ortida 33 raqami borligi.
Maqolamizni yakunlashdan avval asli o'zi o'zgaruvchini qanday e'lon qilish haqida aytib o'tsam.
data_type name=value shu tarzda o'zgaruvchi e'lon qilinadi. Bu yerda data_type => ma'limotning turi, name => biz berayotgan o'zgaruvchining ismi va value => o'zgaruvchi.
Yana bir narsa e'tibordan chetda qolmasligi kerak o'zgaruvchining ismi(name) ning e'lon qilish tartibi bor. Ular raqam bilan boshlab bo'lmaydi, doim kichik harf bilan boshlanishi kerak. 2 ta so'zdan iborat bo'lsa orasini ochib yozib bo'lmaydi.
int mening yoshim=28; => Wrong!!!
int mening_yoshim=28; => Right!!!
int 1son=25; => Wrong
int son1=25; => Right
int _son=25; => Right
Shu bilan maqolamizni yakunlaymiz sizga foydali bo'ldi degan umiddaman. E'tiboringiz uchun tashakkur!!!
Tursunboev Jamshidbek (Johnny)
Top comments (0)