Shart operatorini ichma ich ishlatishni o'rganamiz.
Bu maqolamiz unchalik ham ko'p cho'zilmaydi chunki oldingi maqolalarda ko'p turlarini ko'rib o'ttik. Va bugun ichma ich shart operatori haqida ko'rib o'tamiz. Bu maqolada ham avval dastur yozib olamiz va o'sha dastur bo'yicha tahlil qilib chiqamiz.
Shart shundayki biz son kiritamiz uning musbat juft son, musbat toq sonligini va manfiy juft son manfiy toq sonligini tekshirish uchun dastur yozib chiqishimiz kerak.
#include <iostream>
using namespace std;
int main () {
int n;
cin >> n;
if(n>0){
if(n%2==0){
cout << "Bu musbat juft son";
}
else{
cout << "Bu musbat toq son";
}
}
else if(n==0){
cout << "Bu son 0 ga teng";
}
if(n<0) {
if(n%2==0){
cout << "Bu manfiy juft son";
}
else {
cout << "Bu manfiy toq son";
}
}
return 0;
}
Mana yozilgan dasturga qarasak if(n>0) shartini bajarilsa {} qavs ichiga amal emas yana bitta if(n%2==0) sharti yoziladi. Yani avval son musbatligini tekshiradi keyin esa uni juft ekanligini tekshiradi. Agar ikki shart ham bajarilsa bu Musbat juft son deb ekranga chiqadi. 2 chi shart bajarilmasa mubat toq son chiqadi.
Manfiy son uchun ham huddi shu tartibta yozib chiqiladi yani avval manfiyligini tekshiramiz keyin uni toq va juftligini. Ohirgi jarayon esa son 0 ga teng bo'lgandagi holat. nima uchunki 0 musbat son ham emas manfiy son ham emas. 0 kiritilganda bu son 0 ga teng deb yozuv chiqadi. Buni yaxshi o'rganishimiz uchun ko'proq misollar bajarishimiz kerak va shunda yaxshi ko'nikma hosil bo'ladi. Shu bilan ichma ich shart operatorini ham yakunlaymiz. Tursunboev Jamshidbek
Top comments (0)