a) += operatori qanday ishlaydi? Misol keltiring.
+= operatori o'zgaruvchiga mavjud qiymatga qo'shilgan yangi qiymatni berish uchun ishlatiladi. Misol:
int number = 5;
number += 10;
Console.WriteLine(number);
Natija: 15
Bu kodda number += 10 amali number o'zgaruvchisining qiymatini 10 ga oshiradi va 15 ni qaytaradi.
a) Post-increment va pre-increment operatorlari qanday ishlaydi?
Post-increment (x++): O'zgaruvchining hozirgi qiymatini ishlatadi, keyin uni oshiradi.
Misol:
int x = 5;
int y = x++; // y = 5, x = 6
Bu yerda x++ operatori x ning avvalgi qiymatini qaytaradi (5), keyin x qiymati oshiriladi (6).
Pre-increment (++x): O'zgaruvchining qiymatini avval oshiradi, keyin uni ishlatadi.
Misol:
int x = 5;
int y = ++x; // y = 6, x = 6
Bu yerda ++x avval x ni 6 ga oshiradi, keyin y ga qiymatni beradi (6).
Top comments (0)