Dasturlash - inson va kompyuter orasidagi "suhbatlashish" jarayonidir. Ya'ni biz kompyuterga berilgan buyruqlar orqali dastur yaratamiz va bu jarayonda biz dasturlash tillaridan foydalanmiz.
Hozirda C++ dasturlash tili yangi o'rganuvchilar uchun birinchi o'rganilishi lozim bo'lgan tillardan hisoblanadi. Chunki dasturlash sohasining barcha yo'nalishlarida(Android dasturlash, Database dasturlash, Desktop dasturlash) ushbu tildan foydalaniladi.
C++ dasturlash tilida kod yozish uchun yangi sahifa yaratganimizda doim quyidagi ko'rinishdagi kod yaratiladi:
#include <iostream>
int main() {
std::cout << "Hello World!\n";
}
Bu yerda iostream c++ dasturlash tilining kutubxonalaridan biri hisoblanadi. cout iostream kutubxonasiga tegishli bo'lganligi sababli, cout ni ishga tushirish uchun o'zi tegishli bo'lgan kutubxonani #include bilan yozib ketishimiz muhim hisoblanadi. Aks holda biz yozgan dastur ishga tushmaydi.
cout dan oldin kelayotgan std ni har bir qatorga doim yozib chiqish o'rniga, kutubxonadan keyin using namespace std - har bir qatorga std yozish buyrug'ini kiritib qo'yishimiz lozim.
cout dan keyin doimo << belgisi yozilishi shart.
Agarda cout da matn yozadigan bo'lsak, albatta " " orasida yozishimiz shart.
Namuna
int main() {
cout << "Familya: Adaxamova" << endl;
cout << "Ism: Muqaddas" << endl;
cout << "Yosh: 22";
}
Consoleda ko'rinishi:
1-topshiriq: 2 raqami orqali quyidagi ko'rinishda to'rtburchak chop eting (Ushbu topshiriqda input yo'q).
Yechim:
int main(){
cout << "222222" << endl;
cout << "2" << " " << " " << " " << " " << "2" << endl;
cout << "2" << " " << " " << " " << " " << "2" << endl;
cout << "222222";
return 0;
}
Consoleda ko'rinishi:
2-topshiriq: A harfi orqali quyida berilgandek uchburchak chop eting (Ushbu topshiriqda input yo'q).
Yechim:
int main(){
cout << " A" << endl;
cout << " A A" << endl;
cout << "AAAAA";
return 0;
}
Consoleda ko'rinishi:
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, dastur yozish uchun birinchi navbatda bizga kerak bo'ladigan kutubxonani yozishimiz kerak. Keyin esa int main(){} ichiga kodimizni yozishimiz mumkin. Cout da matnlar doimo " " ichida yoziladi va ; bilan tugatamiz.
Dasturlashda doimiy ishlatiladigan atamalar:
cout(abb. character output) - yozilgan dasturni ekranda chiqarib berish va doimo << belgi ishlatiladi.
\n - yangi sahifa
endle - yangi sahifa
Topshiriqlar https://oj.ilmhub.uz/ saytidan olindi.
Top comments (1)