DEV Community

Sherzod5048
Sherzod5048

Posted on

C++ da operatorlar

Operatorlar - dasturlashning asosiy sintaksislaridan hisoblanadi va arithmetic, assignment, relational, logical, bitwise, conditional kabi oreatorlar bor.
Bugun biz Arithmetic (arifmetik) va Assignment(o'zlashtirish, yoki qiymatni o'zgaruvchiga joylash, saqlash) operatorlari bolan tanishamiz.
Arithmetic operators - qo'shish(+), ayirish(-), ko'paytirish(), bo'lish(/) va module(%-qoldiq olish) dan iborat.
"+" va "-" operatorlari biz bilgan matematikada qanday maqsadda ishlatilinsa dasturlashda ham xuddi shunday maqsadda ishlatilinadi."
" va "/" operatori xam deyarli shunaqa holatda ishlatilinadi va faqat ularning tip(int, float)lariga extiyot bo'lishimiz kerak bo'ladi.
"%"-module bizga int tipidagi sonni bo'lganda undan hosil bo'lgan qoldiqni olish uchun ishlatamiz va module(%)dan faqat int tipidagi qiymatlarda qo'llashimiz mumkun.
Assignment(=)-o'zlashtirish operatori bu bizga bizdan o'ng tarafda turgan qiymatni bizdan chap tafarda turgan o'zgaruvchiga joylash vazifasini bajaradi.

#include <iostream>
#include <iomanip>

using namespace std;

int main() {
  int a;
  a = 10;

  cout << a;

  return 0;
}
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Bu yerda 10 qiymati 'a' o'zgaruvchisiga joylandi va 'a'ni print qilganda bizga 10 sonini chiqarib beradi.

Top comments (0)