DEV Community

Rashidovdev
Rashidovdev

Posted on • Updated on

Terminal komandalari | Part 4

alias

Bu komanda orqali konsolda tez-tez foydalanadigan komandalar uchun yangi nickname(taxallus) beradi.

  • alias datedir='mkdir $(date "+%d-%m-%Y")' - ushbu komanda orqali bugungi sana nomi bilan papka yaratadigan uzun komandaga qisqa nom beradi. Endilikda datedir deyish orqali bugungi sana nomi bilan papka yaratsa bo'ladi.
  • alias komandasi bitta terminal session uchun ishlaydi.

date

Bu komanda hozirgi vaqtni chop etish uchun ishlatiladi.

#rashidovdev@home :~$ date -

Terminalga date komandasini yozish orqali 27 mart,2022 yil,Dushanba degan habarni konsolda ko'rishimiz mumkin.

  • date '+%d-%m-%Y' - komandasi orqali sanani chop etishda dd-mm-yyyy formatda chop qiladi. 27-03-2022.
  • date '+%d/%m/%Y' - bu komanda 27/03/2022 ko'rinishida konsolga chop etadi.

Top comments (0)