DEV Community

Ozodbek
Ozodbek

Posted on

C# va .NETga sayohat.

Bugun nimalarni o'rganamiz ?

1 - _C# nima ? .NET nima ?_
2 - _.NET cmd | IDEsiz "Hello world" chiqaramiz._
3 - _C# ning kamchiligi va xususiyatlari._

Biz boshladik🚀

1 - .NET - bu Microsoft companyasi tomonidan ishlab chiqarilgan o'zaro open source platforma hisoblanadi. U nima uchun kerak desangiz hozir tushunib olasiz..NET sizga Web, AI, Desktop, Game, IoT, Cloud va Mobile dasturlar yaratishingizga qo'pol qilib aytganda padershka qilib beradigan platforma(framework emas!).
Hozirda .NETning 8 turdagi versioni bor. .NET 8.0.
.NET oldinlari faqat Windows OSlar uchun xizmat qilib kelgan. Keyinchalik saxiy Microsoft .NET core ni ishlab chiqdi. U nima qila oladi desa. U istalgan OS larga o'tirib ketaverardi. Misol uchun Windows, MacOS, Linux va Docker uchun. .NET har yili kuchayib bormoqda. Va yana ham kuchayadi. .NET ko'pgina dasturlash tillarini support qilib kelmoqda. Misol uchun ulardan eng ko'p tarqalgani C#, F# va VisualBasic bu dasturlash tillar nisbatan bir biriga yaqin deyish mushkul chunki ulardan biri OOPda ishlash imkonini bermaydi. C# eng ko'p ishlatiladi .NET uchun.

2 - Kelinglar hech qanday dasturlash muhitisiz CMD oyna orqali ekranga "Hello World" so'zini chiqaramiz.
Buning uchun bizga .NET sdk kerak bo'ladi.
Uni yuklash uchun: Bu yerga bosing

Agar sizda dotnet Sdk bor bo'lsa, unda boshladik.

1 - CMD oynani oching.
2 - cd Desktop
3 - md istalganFileNomi
4 - cd istalganFileNomi
5 - dotnet new console
6 - dotnet run

Output: Hello World
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Birinchi dasturni yaratdik🫡
Aytgancha yuqoridagi commandalarga tushunmasligingiz mumkin ular haqida alohida post joylayman(CLI).

3 - Chapterga o'tdik

C# dasturlash tilining kamchiliklari - Shuni bemalol qo'rqmasdan ayta olamanki C# dasturlash tili hozirgi versionlarida deyarli kamchiliklar yo'q. Bittayu bitta kamchiligi bu kamchiligi yo'qligida(desam adashgan bo'laman :)) C# ni odamlarga nisbatan kamchiligi bu o'ta qat'iy til hisoblanadi. Misol uchun siz Python, JavaScriptda code yozgan bo'lsangiz(tanish bo'lsangiz) ular sizga code yozish uchun o'ta yumshoq momila qiladi. C# esa juda qattiq turadi. Ayab o'tirmaydi. Har bir qator yoki kalit so'zni va o'zgaruvchilarni Concret yoz deydi. Yana bu kamchilikni ham sozlashdi. Pastda tushuntiraman.

C# dasturlash tilini foydali xususiyatlari - C# ning eng asosiy xususiyatlar bu - C# OOPni support qiladi. Qat'iylikdan yumshoq tilga ham o'girish mumkin. C# eng yuqori darajadagi tillardan biri. Har yili yuksaladi. Kuchayishdan to'xtamaydi. C# .NET da qilishi mumkin bo'lmagan dasturlarni o'zi yo'q. .NET esa har yili turli dasturlar ya'ni Mobile, AI, Web, Desktop, Game va hokazolarga o'ta jiddiy qarashni boshlagan. Misol uchun bu yil(2024-yil) AI uchun kurash avjida(Python damini olsin endi).
Sizlarga ushbu maqolada aytadigan oxirgi gapim.

.NET C#💙
.

Sog' bo'ling omon bo'ling.

Top comments (0)