DEV Community

Ozodbek
Ozodbek

Posted on

Access Modifiers | C# da

Assalomu alaykum barchaga. Bugun biz C# dasturlash tilida Access Modifierlar haqida o'rganamiz

S: Access Modifierlar o'zi nima ?

J: Access Modifierlar bu - class, struct, record va shu kabi tiplar ichidagi ma'lumotlarga tashqarida turib murojaat qilish imkoniyatni cheklashga aytiladi.

1 - Access Modifierlar - public, private, protected bularni C# dasturlash tilida keng tarqalgan asosiy access modifierlar hisoblanadi. Access Modifierlar class oldidan va class ichida ishlatilishi mumkin.

*2 - * _ Public - Boshqa namespace lardan turib ishlatishga access beradi. U shunday yoziladi.

**public** static class Car 
{
     **public** string color { get; set; }
}
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Ushbu codedagi malumotlarni va classni o'zini endi istalgan namespace orqali chaqirishimiz mumkin. Faqatgina shu bir biriga ulangan projectlar bir biriga reference qila olsa...

protected - bu faqat o'zini farzandlariga ko'rinadi. Yani inheritance qilingandagina ko'rinadi. Misol uchun sizda Program.cs va Car.cs file bolsa. Car.cs ichida qandaydir mashina haqida malumotlarni qabul qilgan class mavjud bo'lsa, demak siz protected orqali shu file ichida istalgancha andoza olib ishlatish imkoniga egasiz. Lekin Program.cs file ichida xuddi shu classni chaqirmoqchi bo'lsangiz, 100% xatolik beradi. Haqqingiz yo'q chaqirishga degan ma'noda.

private - esa, sizga umuman qattiq cheklov o'rnatadi. Faqatgina shu bitta classingiz ichida ishlata olasiz xolos, u ma'lumotlarni. private so'zidan ham bilib olish mumkin qanchalik qattiq turishini.

Tushuntira oldimmi ?

Top comments (0)