O'zgaruvchilar (variables) dasturda ma'lumotlarni saqlash va ularga qayta murojaat qilish uchun ishlatiladi.
o'zgaruvchilarni e'lon qilish uchun var, let yoki const
kalit so'zlaridan foydalaniladi.
var
ES5 (ECMAScript 5) va undan oldingi versiyalarda o'zgaruvchilarni
e'lon qilish uchun ishlatiladi.Bu kalit so'z bilan e'lon qilingan
o'zgaruvchilar funktsiya doirasida (function scope)mavjud
bo'ladi va agar funktsiya ichida bo'lmasa, global o'zgaruvchi
hisoblanadi.
Misol:
var name = "John";
console.log(name);
let
ES6 (ECMAScript 2015) bilan kiritilgan va blok doirasida
(block scope) o'zgaruvchilarni e'lon qilish imkonini beradi.
Bu kalit so'z bilan e'lon qilingan o'zgaruvchilar faqat
{} ichida mavjud bo'ladi.
Misol
let num = 30;
console.log(num); // "30"
const
ES6 bilan kiritilgan va doimiy (o'zgarmas) qiymatlar uchun
ishlatiladi. const bilan e'lon qilingan o'zgaruvchining
qiymatini keyinchalik o'zgartirib bo'lmaydi. Shuningdek,
const blok doirasida mavjud bo'ladi.
Misol:
const name = "Ali";
console.log(name); // "Ali"
Top comments (0)