DEV Community

Muhammad Khodjaev
Muhammad Khodjaev

Posted on

🖥️ Terminal Buyruqlari va .NET CLI: Boshlang'ich dasturchilar uchun qo'llanma

Dasturlash dunyosida samaradorlikni oshirish uchun terminaldan foydalanishni bilish juda muhimdir. 💻 Ayniqsa, .NET dasturchilari uchun terminal orqali loyihalarni yaratish va boshqarish jarayonini tushunish boshlang'ich qadamdir. Ushbu maqolada eng asosiy terminal buyruqlari va .NET CLI buyruqlarini o'rganamiz. 🛠️


Terminal buyuruqlari

Bu qismda joylashuv va fayllarni boshqarish uchun ishlatiladigan eng kerakli terminal buyruqlarini ko'rib chiqamiz. 📂

  • 🧭 pwd — Joriy joylashuvni ko'rsatadi:
pwd
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  • 📜 ls — Joylashuvdagi fayllar va papkalarni ko'rish uchun:
ls
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  • 🚪 cd — Boshqa joylashuvga o'tish:
cd folder_name
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  • ⬆️ cd .. — Bitta fayl ortga qaytish:
cd ..
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  • 🗂️ mkdir — Yangi katalog yaratish:
mkdir folder_name
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  • 🗑️ rm — Faylni o'chirish:
rm folder_name
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  • 🗑️ rm * — Barcha fayllarni o'chirish:
rm *
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

> * degani all ya'ni barchasi degani. Bu yulduzcha ko'p joylarda all ya'ni barchasi degan ma'noda qo'llanilib keladi.

.NET loyihalarini yaratish va boshqarish:

Endi .NET dasturchilari uchun foydali bo'lgan CLI buyruqlarini ko'rib chiqamiz. 🌐 Bu buyruqlar yordamida yangi loyihalar yaratish va boshqarish juda oson. ⚙️

  • 🆕 dotnet new console -n — Yangi konsol dasturini yaratish:
dotnet new console -n ProjectName
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Tushuntirish: -n belgisi ism berish uchun ishlatilinadi. Agarda -n belgisisiz komanda beriladigan bo'lsa loyiha nomi fayl nomi qanday bo'lsa shundayligicha bo'ladi!

  • 🛠️ dotnet new solution — Yangi .NET yechimini yaratish:
dotnet new solution
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  • ➕ dotnet add solution — Loyihani yechimga qo'shish:
dotnet add solution solution_name.csproj
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  • 🏗️ dotnet run — Loyihani ishga tushirish:
dotnet run
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Eslatma: Agarda terminal ochilgan faylda C# fayl bo'lmasa bu komanda ishlamaydi!


Terminal buyruqlari va .NET CLI orqali ishlash dasturchining hayotini ancha yengillashtiradi va ishni tezlashtiradi. ⏩ Yangi boshlanuvchilar uchun bu qadamlar kichik bo'lib ko'rinsa-da, ular keyinchalik kattaroq va murakkab loyihalar bilan ishlashda juda muhim asos bo'lib xizmat qiladi. 🚀

Top comments (0)