DEV Community

Mabrur
Mabrur

Posted on

Back-end dasturchi bo'lish

Dasturlash deganda ko’z oldimizga qorong’u xonaga kirvolib, klaviaturani shaqillatib kod yozib o’tiradigan hakker keladi, to’g’rimi? Yo'q, aslida, bu sohaga kirgan odam umrini yarmini kod yozishga emas, balki kod o’qishga sarflab yuboradi. Dasturlash juda keng soha. Undagi yo’nalishlar kundan-kunga oshib bormoqda, lekin bugun sizlar bilan backend dasturchi kim ekanligi, qanday qilib backend dasturlashni o’rganish mumkin va bu rolni egallash uchun sizdan qanday qobiliyatlar talab qilinishi haqida qisqacha gaplashamiz.

Back-end dasturchi kim?

Websitelarni mashina deb tasavvur qiling. Tashqi tomonidagi chiroyli ko’rinishi, spoyler, rangli kuzovlar va o’ziga-xos dizaynga ega bo’lgan faralar, bu frontend. Endi o’ylab ko’ring, mashinani qaysi qism yurgazib beradi? Dvigatel, yoqilg’i sistemasi va transmissiya - bu qism back-end deyiladi. Back-end dasturchilar websitelarning bizga ko’rinmas qismi bilan ishlashadi.

Image description

Ular websiteni ishlatib beruvchi “dvigatel” yaratadi va uni doimiy rivojlantirib boradi. Buning uchun dasturchilar Python, Java, PHP yoki NodeJS kabi dasturlash vositalaridan foydalanadilar. Shuningdek, backend dasturchilar foydalanuvchi ma’lumotlari kabi muhim ma’lumotlar saqlanadigan “ombor” yaratishadi, websiteni tez va qotmasdan ishlashini ta’minlashadi.

Back-end dasturchi qanday ishlaydi?

“Tezkor Sug’urta” deb nomlangan kompaniyani tasavvur qiling. Ular odamlarga uyidan chiqmasdan turib, osongiga sug'urta sotib olishga yordam berishni xohlashadi.

Kompaniya back-end dasturchi yollaydi. Endi uning vazifasi nima bo’ladi?

Ombor (ma’lumotlar bazasi) quradi: Kompaniya xodimlari o’z mijozlari haqidagi ma’lumotlar, qachon qanday turdagi sug’urta sotib olayotgani va shunga o’xshash ma’lumotlarni ko’rishi mumkin bo’lgan maxsus ma’lumotlar bazasini yaratadi.

Mijoz portalini yaratadi: Keyinchalik kompaniya uchun bir bo’lim yaratiladi. Bu yerda mijozlar tizimga login va parollari kirishlari, sug’urta ma’lumotlarini tekshirishlari va o’zgartirishlari mumkin bo’ladi. Bu shuni anglatadiki, agar mijozga ma’lumotlarini o’zgartirish kerak bo’lsa kompaniyaga qong’iroq qilib o’tirmasdan, uni o’zlari hal qila olishadi.
Ushbu vazifalarni bajarish davomida back-end dasturchi boshqa bir yo’nalish - front-end dasturchi bilan hamkorlik qiladi va u dastruchi ma’lumotlarni saytning tashqi ko’rinishida chiqib turishini ta’minlaydi. Kompaniya haqida ko’proq odam xabardor bo’laverganidan, back-end dasturchi dtmdan farqli ravishda, saytni xavfsizligi va katta oqim kelganda ham tezkorligini yo’qotmasligini ta’minlash uchun izlanishda davom etadi.

Back-end dasturchi uchun kerakli qobiliyatlar.

  • Texnik qobiliyatlar: Kamida bitta web dasturlash uchun kerakli tilni bilish.
  • Tartib: Vazifalarni va kodni tartibli olib ketish.
  • Ma’lumotlar bazasi: Ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlashni o’rganish.
  • Hosting: Web-siteni doim online saqlaydigan joy haqida ma’lumotga ega bo’lish.
  • Jamoaviy ish: Front-end va jamoadagi boshqa a’zolar bilan ishlay olish.
  • Xavfsizlik: Web-siteni turli hujumlarga qarshi tura-olishiga ishonch hosil qilish.
  • API: Turli apilarni dasturga ulashni o’rganish.

Qanday qilib back-end dasturchi bo’lish mumkin?

  1. Rolni tushunish
    Eng avva Back-end dasturchilar nima ish qilishini tushunib oling. Bu turdagi dasturchilar web-ilovalarning server tomonida ishlaydi. Ular ma'lumotlar bazasini ishlab chiqadilar, web-site ishlashini ta’minlaydi va uni oddiy foydalanuvchiga tushunarli bo’lishi uchun front-end dasturchilar bilan hamkorlik qiladilar.

  2. Ta'limdan boshlang
    Universitetda Computer Science darajasi bo’lgani ma’qul, ammo majburiy emas. Bugungi kunda ko’plab dasturchilar o'z karyeralarini o'quv markazlari, onlayn kurslar, yoki o’zlari o’rganib boshlashgan.

  3. Dasturlash tillarini o’rganing
    Back-end dasturchi bo’lish uchun uchun muhim bo'lgan til o’rganib chiqing:

  4. Ma'lumotlar bazalari haqida bilib oling
    Web-ilovalar ma'lumotlarni saqlashi kerak va ma'lumotlar bazalari bunga imkon beradi. MySQL, PostgreSQL yoki MongoDB kabi mashhur tizimlar bilan tanishing va ularni o’rganing.

  5. Frameworklar bilan tanishing
    Frameworklar dastur ishlab chiqish jarayonini soddalashtiradi. Tanlagan tilingizga qarab, Django (Python), Express (JavaScript) yoki Ruby on Rails (Ruby) kabi frameworklarni o'rganing.

  6. Veb-xostinglarnii tushunish
    Veb-xosting va bulut xizmatlarining asoslarini tushuning. AWS, Heroku yoki DigitalOcean kabi platformalar qanday ishlashini bilishingiz sizga katta plyus bera oladi.

  7. Open-source loyihalar va networking
    Tarmoqlarda open-source loyihalarni qo’llab-quvvatlovchi jamoalarga qo'shiling, turli meet-uplarda qatnashing va linkedin orqali dasturchilar bilan tanishib chiqing. Networking ish topish imkoniyatlarini kengaytirib berishi mumkin.

  8. Portfolio yaratish
    Turli loyihalar quring va o’rgangan bilimlaringizni ushbu loyihalarda qo’llab chiqing. Bu har qanday dastur bo'lishi mumkin: blog, onlayn-do'kon, yetkazib berish xizmati yoki qandaydir noyob ilova g'oyasi. Ishingizni chiroyli qilib ko’rsatib berish potentsial ish beruvchilarga tajribangizni isbotlaydi.

  9. Hech qachon o'rganishdan to'xtatmang
    Texnologiya tez rivojlanmoqda. Eng so'nggi tendentsiyalar, vositalar va eng yangi texnologiyalardan xabardor bo'ling.

Aslida, back-end dasturchi bo’lish yo’lini tanlash - uzluksiz izlanishga sayohat. Doimiy harakat va qat'iyat bilan siz tez orada ushbu sohada o'z o'rningizni topa olasiz.

Top comments (4)

Collapse
 
jakhongir66 profile image
Jahongir Bektemirov

Mashinaga uxshatsam Frontendchiga yuzidagi qobig'idan boshqa ish qolmayaptiku). Butun boshli dvigatelni, matorni backend qilsa fronendchi nima qiladi? Albatta, hazilga yo'yilgan gaplarim. Menimcha boshqa narsaga uxshatib ko'rish kerak backend va frontendni.

Collapse
 
sardoroga profile image
Sardor Dushamov • Edited

Er nimaga kerak deydiyu))
Frontend nimaga kerak o'zi😂

Collapse
 
jakhongir66 profile image
Jahongir Bektemirov

Frontend bo'lmasa backend kim uchun yashaydi 😎

Collapse
 
otabekkholmirzaev profile image
Otabek-Kholmirzaev

Foydali post bo'libdi, rahmat!