Algoritm Nima?
Algoritm - bu muammoni yechish uchun bajarilishi kerak bo'lgan aniq qadamlar to'plami. Oddiy qilib aytganda, algoritm bu maqsadga erishish uchun ketma-ket bajariladigan ko'rsatmalardir. Masalan, nonvoyxonadan non sotib olish uchun quyidagi qadamlarni bajarish mumkin:Uy eshigini ochish.
Nonvoyxonaga borish.
Navbatga turish.
Nonni sotib olish.
Uyga qaytish.
Har bir qadam muayyan ishni bajarishga yordam beradi va natijada kerakli maqsadga erishiladi.
- Algoritmlarning Hayotimizdagi Roli Biz kundalik hayotda ham turli algoritmlardan foydalanamiz, masalan:
- Uyqudan turishdan boshlab maktabga borish jarayoni.
- Ovqat pishirish uchun retseptga rioya qilish.
- Ma'lumot qidirish uchun internetdan foydalanish. Ushbu jarayonlarning barchasi aniq qadamlar ketma-ketligidan iborat.
- Algoritmlashning Muhimligi Algoritmlash muammolarni samarali echishda muhim rol o'ynaydi. Dasturlashda biz katta va murakkab muammolarni kichik, boshqarilishi oson bo'lgan qismchalarga bo'lib yechish uchun algoritmlardan foydalanamiz. Samarali algoritm:
- Tez ishlaydi.
- Kam resurslar sarflaydi (xotira va protsessor vaqti).
- Ishonchli va oson o'zgartiriladigan bo'ladi.
- Algoritmning Asosiy Qismlari Algoritmlar bir necha asosiy qismlardan tashkil topadi:
- Bosqichlar: Algoritmdagi har bir qadam. Har bir qadam aniq va tushunarli bo'lishi kerak.
- Shartlar: Ba'zi hollarda muayyan qadamlarni bajarishdan oldin shartni tekshirish kerak bo'ladi. Masalan, non olishdan oldin nonvoyxona ochiqmi yoki yo'qligini tekshirish.
- Sikllar: Ba'zi amallarni bir necha marta takrorlash kerak bo'lganda sikllardan foydalaniladi. Masalan, matematik hisob-kitoblarni qayta-qayta bajarish.
- Maqsad: Algoritmning oxirgi maqsadi yoki natijasi. Bu har doim aniq bo'lishi kerak.
- Algoritmlarning Tasvirlanishi Algoritmlarni tasvirlashning bir nechta usullari mavjud:
- Psevdo Kod: Oddiy tilda yozilgan kodga o'xshash ko'rsatmalar. Bu dasturlash tilida kod yozishdan oldin algoritmni tasvirlash uchun ishlatiladi.
- Blok-Sxemalar: Algoritmning har bir qadamini grafik shaklda ifodalash. Blok-sxemalar orqali algoritmning qadamlarini oson tushunish mumkin.
- Misol - Oddiy Algoritm Foydalanuvchidan ikki sonni kiritib, ularning yig'indisini chiqaruvchi oddiy algoritmni ko'rib chiqamiz:
Algoritm Qadamlar:
- Foydalanuvchidan birinchi sonni kiritishni so'rash.
- Foydalanuchidan ikkinchi sonni kiritishni so'rash.
- Ikkala sonni qo'shish.
- Natijani ekranga chiqarish.
#include <iostream>
using namespace std;
int main()
{
int son1, son2;
cout << "Enter the first number: ";
cin >> son1;
cout << "Enter the second number: ";
cin >> son2;
int result = son1 + son2;
cout << "The result of two number: " << result << endl;
return 0;
}
using System;
class Program
{
static void Main()
{
// Foydalanuvchidan birinchi sonni kiritishni so'rash
Console.Write("Birinchi sonni kiriting: ");
int son1 = int.Parse(Console.ReadLine());
// Foydalanuvchidan ikkinchi sonni kiritishni so'rash
Console.Write("Ikkinchi sonni kiriting: ");
int son2 = int.Parse(Console.ReadLine());
// Ikkala sonni qo'shish
int yigindi = son1 + son2;
// Natijani ekranga chiqarish
Console.WriteLine("Sonlar yig'indisi: " + yigindi);
}
}
Bu algoritmning oddiy misoli bo'lib, undan qanday qilib qadamlarni ketma-ket bajarib, muammoni echish mumkinligini ko'rishimiz mumkin.
Top comments (0)