DEV Community

Farkhodbek Kamolov
Farkhodbek Kamolov

Posted on

C# dagi Method overload va Method group.

Method group va Method overload tushunchalarni farqlash uchun event, delegate yoki LINQ, shulardan hech bolmaganda kamida bir donasini bilish tavsiya qilinadi. Bu feature(xususiyat)lar, dasturchilarga bir vaqtning o'zida bir xil nomli birnechta methodlarni yaratishga imkon beradi. Ushbu o'xshash nomli methodlarni bir biridan farqi, ular qaytaradigon malumot tiplari hamda qabul qiluvchi argumentlar soni bir-biridan farq qilishidadur. Qishqacha qilib aytganda birxil ish bacharuvchi methodlarni bir nom ostida jamlash uchun ishlatilinadi.

NOTE: bu ikkala feature/tushuncha bir-biriga uzviy bog'liq!

Misol tariqasida Add() methodini yaratamiz:

static int Add(int a, int b) => a + b;
static long Add(long a, long b) => a + b;
static double Add(double a, double b) => a + b;

private static void Main(string[] args)
{
   int i = 1, j = 2;
   var sumOfInt = Add(i, j);
   Console.WriteLine($"Intlar summasi: {sumOfInt}");

   long l = 10, m = 20;
   var sumOfLong = Add(l, m);
   Console.WriteLine($"Longlar summasi: {sumOfLong}");

   double d = 1.102, s = 3.14;
   var sumOfDouble = Add(d, s);
   Console.WriteLine($"Doublelar summasi: {sumOfDouble}");
}
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Output:

Intlar summasi: 3
Longlar summasi: 30
Doublelar summasi: 4.242
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Yuqorida keltirilga ko'd asosan Metod overload tushunchasiga to'gri keladi, lekin method group sintaksisiham huddi shunday. Ularni farqi haqida sal pastroqda gaplashamiz.

Uchala Add() methodimizga etibor bersangiz, ular qabul qilayotgan argumentlar hamda, o'sha argumentlar ustida o'tqazilgan operatsiyadan so'ng qaytarishi kerak bolgan malumot turi(return type) bir biridan farq qiladi. C# kompilyatori shunchali aqillikiy, kelayotgan argument turiga asoslanib kerakli bolgan methodni o'zi chaqirib xisob kitobni amalga oshiradi.

Yana bir yaqqol misol tariqasida biz bilgan Console klasidan keluvchi WriteLine() methodini aytishimiz mumkin, har bir overloadi(nusxasi) void qaytargani bilan, methodlarni qabul qiluvchi argumentlar soni va ularni turlari har-hil. Qo'shimcha qilib aytamanki har kim o'z xo'xshiga ko'ra koplab kombinatsiyalarni amalga oshirishi mumkin, demoqchi bolganim method qaytaradigon type qolgan overloadlarinikiga o'xshash bolsaxam, qabul qiladigon typelar soni va turlari farq qilsa bolgani ishlayveradi. Shu jumladan teskarisigaham ishlayveradi, argumentlar birhil bolsada qatrariladigon tur boshqacha bolsa overload hisoblanadi. Lekin extiyot bo'lish zarur!!!

Method/funksiyalar qanday va qaysi payt ishga tushishi xaqida biroz tushuncha olsak: Harqanday methodga murojat qilinganda i.e. WriteLine agar () qavslarni qo'yilmasa bu funksiyamiz ishga tushmaydi. Yaniy () qavslari bor method kod run bolganida navbat o'sha funksiyaga kelishi bilanoq ishaga tushadi. Albatta bu tushuntirish abstrakt bolib toliq va mutloq to'g'ri bolgan misol emas. Lekin oz bolsada xaqiqatga yaqin.

Endi method group ga to'xtaladigon bolsak, postni cho'zib kod bilan misollarni keltirib o'tirmayman. Qisqacha qilib aytganda method group hamda method overload implementation(yaratilishi)ni syntaksisi birxil. Lekin bu ikkala tushunchani ishlatilish jarayoni va maqsadlari turlicha.

Method overload hamda method group qayerda va qanday ishlashi haqida batafsil gaplashsak.

Method overload - asosan kodni o'qish/tushunish uchun hamda eslab qolish uchun osonroq qiladigon feature xisoblanadi, yuqorida keltirilgan ko'dga yuzlansak, C# da agar overload qilish xususiyati bolmaganda harbir tip uchun boshqa boshqa nom o'ylab topish va uni qanday ish bajarishini yodda tutishimiz kerak bolar edi. Misol uchun int type uchun IntAdd(...), double uchun esa DoubleAdd(...) va hokazo. Overload qilingan methodlar turgan class filega yangiliklar kiritilganda, shu yangiliklarni handle(qayta ishlash) qilish uchun yana bir overload qo'shilsa bas. API lar yaratilganidaham juda qo'l kelishi mumkin.

Method groupni esa ko'pincha methodni darhol chaqirmasdan, uning nomiga gina murojaat qilib eventlarni handle qilish(qayta ishlash) hamda methodlarni parametrlar (delegatlar) sifatida o'tkazishda va LINQ expression(iboralari)ni islatilyotkanida foydalidur. Aniqroq qilib aytganda kod yozish paytida kerakli bolgan methodni nominigina yozib ketiladi va kod runtime(ishga tushgan)paytda, chaqiriladigan methodni keyinroq aniqlanashga imkon beradi. Bundan nima naf?! Yuqorida aytganimizdek methodlarni chaqirishimiz bilanoq ular ishga tushib keradi, bazi holatlarda esa bu narsa ko'dimizni flexibility(moslashuvchanlik)ga tasir ko'rsatadi. Misol uchun assinxron dastur tuzganimizda, dasturimiz ishga tushishi bilanoq, methodlarni o'sha zaxoti ishga tushishi, bizni dastur uchun ajratilgan resurslar(xotira)ni egallab qo'yishi, va bu o'z vaqtida hatoliklar yoki, xisob-kitobda kutilmagan natijalarga olib kelishi mumkin.

Misol:

// delegat
Action<string> writeLineString = Console.WriteLine; 
writeLineString("Hello, World!"); 
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Birinchi qatorda delegate method groupdagi nomga ishora qiladi, lekin delegat turiga qarab maxsus overloadini chaqiradi, delegatimizda argument sifatiga stringni belgilaganmiz shuning uchun runtime paytida kompilyator WriteLine() methodini argument sifatida stringni oladigon overloadini chaqiradi.

Method group ishlash prinsipi method overloadnikiga o'xshash.

Endi LINQ bilan misolni ko'rib chiqsak:

List<int> numbers = new List<int> { 1, 2, 3, 4, 5 };

var evenNumbers = numbers.Where(IsEven).ToList();

evenNumbers.ForEach(Console.WriteLine); 

static bool IsEven(int number) => number % 2 == 0;
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Bu code-da method group faqat IsEven funksiyasidan tashkil topgan, yaniy har-doimham qo'shimcha IsEven overloadi bo'lishi shart emas, method group deb bir dona methodniham aytsa boladi.

Kodmizda 1dan 5gacha bolgan list bor, va biz keyingi qatorga LINQ ni ishlatgan holda IsEven funksiyasini faqatgina nomini argument sifatida yuborib, faqat juft bo'lgan sonlar listini yaratyapmiz. IsEven funksiyasini agar () bilan chaqirsak bizning kod hatolik chiqaradi, chunki yuqorida aytilganidek () bilan chaqirilgan methodlar o'sha zahotiyoq ishga tushib ketadi. 3-chi qatorga etibor bersangiz ForEach() methodi WriteLine funksiyaniham faqatginaham method group nomiga murojat qilyapti, va kompilyator int type qabul qiladigon WriteLine overloadini chaqirib, sonlarni konsolga chiqarmoqda.

Method Group ga aloqador yana bir etiborga loyiq mavzu bor, uning nomi Method Group Natural Type bu mavzu xaqida esa boshqa postimda gaplashamiz.

Etibor uchun raxmat.

Top comments (0)