- HTML ning asosiy taglari Tuzilma taglar
<html>: Sahifa HTML ekanligini belgilaydi.
<head>: Metama'lumotlar, uslub, skriptlar joylashadi.
<body>: Asosiy kontent shu yerda bo‘ladi.
- Matn tuzish uchun taglar:
<h1> - <h6>: Sarlavhalar uchun.
<p>: Paragraf.
<br>: Yangi qatordan boshlash.
<strong> yoki <b>: Matnni qalin qilish.
<em> yoki <i>: Matnni qiyshiq qilish.
3.Rasm va multimedia
<img src="manba" alt="tavsif">: Rasm qo‘shadi.
<video> va <audio>: Video va audio qo‘shish uchun.
- Havolalar va ro'yxatlar uchun
<a href="manzil">Havola matni</a>: Havola.
<ul>: Tartibsiz ro‘yxat.
<ol>: Tartibli ro‘yxat.
<li>: Ro‘yxat elementi.
- Formalar va ma'lumotlar kiritish uchun
<form>: Forma yaratish.
<input type="text">: Matn kiritish.
<button>: Tugma.
6.Jadval yaratish:
<table>: Jadval.
<tr>: Qator.
<td>: Ustun.
<th>: Jadval sarlavhasi.
Javascriptni Htmlga ulash
- inline usuli yani (ichki) Javascript codini to'g'ridan to'g'ri html tagi ichiga yozish.
<button onclick="alert('Hello!')">Click me</button>
<button onChange="alert('Thanks!')">Click me</button>
2.internal usuli ya'ni (ichki cod)
JavaScript-ni script tegi ichida HTML faylning ichida yozish:
<script>
console.log("Hello from internal script!");
</script>
3.Extrenal usuli ya'ni (tashqi fayl orqali );
Loyiha ichida javasript codini js fayl orqali yozish.
<script src="app.js"></script>
async va defer haqida
- async atributi;
Skript sahifa bilan bir vaqtning o'zida yuklanadi ya'ni ( asinxron).
Skript yuklanishi tugagandan keyin darhol bajariladi.
<script src="script.js" defer></script>
- defer atributi;
Skript yuklanishi sahifa bilan bir vaqtda amalga oshadi, lekin bajarilishi sahifa to'liq yuklanib bo'lgandan keyin sodir bo'ladi.
<script src="script.js" defer></script>
SEO NIMA ?
SEO (Search Engine Optimization) — veb-saytlarni qidiruv tizimlari uchun optimallashtirish jarayonidir. Bu jarayon sahifangizni qidiruv tizimlari (Google, Bing) natijalarida yuqori o‘rinlarga chiqishga yordam beradi.
Sodda qilib aytganda foydalanuvchi google orqali qidiruv berganida sizning sahifangiz taqdim etilishi.
SEO ga yordam beradigan HTML teglar va atributlar;
Quyidagi teg va atributlar SEO uchun muhim hisoblanadi:
- Meta-teglar; title Sahifa sarlavhasini belgilaydi.
<title>Mening Sahifam</title>
- Sarlavha taglar h1 va h6 matnlar tuzulishi va hamida ishlatiladi.
<h1>Asosiy Sarlavha</h1>
<h2>Bo‘lim nomi</h2>
foydali bo'ladi- har bir sahifada faqat bitta h1 bo‘lishi kerak.
- Img taglaridagi alt atributi Rasimga tavsif berish orqali qidiruv tizimlariga yordam beradi.
<img src="rasm.jpg" alt="SEO haqida tushuncha">
- Hvola taglari title atributi; Havola haqida qo‘shimcha ma’lumot beradi.
<a href="https://www.example.com" title="Qo‘shimcha SEO maslahatlari">Bu yerga o'ting</a>
- Lang atributi; sahifaning tilini belgilaydi;
<html lang="uz">
- Mobile-friendly dizayn uchun teglar; meta name="viewport" Sahifani mobil qurilmalar uchun optimallashtiradi,
<meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0">
- Breadcrumbs (nav va aria-label); Foydalanuvchilar va qidiruv tizimlariga sahifa strukturasi haqida ma’lumot beradi.
<nav aria-label="Breadcrumb">
<a href="/home">Bosh sahifa</a> > <a href="/blog">Blog</a>
</nav>
Responsive Nima ?
Responsive dizayn — bu veb-sahifalarni turli ekran o‘lchamlariga (kompyuter, planshet, telefon) moslashadigan qilib yaratish usuli.
Bu dizaynda sahifa elementi ekran o‘lchamiga qarab avtomatik ravishda moslashadi:
Telefon: Kichik ekran uchun menyu yoki rasmlar ixcham ko‘rinadi.
Kompyuter: Katta ekran uchun kengaytirilgan formatda ko‘rinadi.
Asosan CSS media query va moslashuvchan o‘lchamlar (%, em, rem, vh) ishlatiladi.
masalan:
@media (max-width: 768px) {
body {
font-size: 14px;
}
}
responsive dizay yozishdan asosiy maqsad har qanday qurilmada sahifa qulay va chiroyli ko‘rinishi!
Sass Nima ?
SASS (Syntactically Awesome Stylesheets);
U oddiy CSS bilan taqqoslaganda kodni takrorlanmas, tartibli va oson boshqariladigan qiladi.
SASS nimga asosiy afzaliklari;
- O‘zgaruvchilar (Variables); O‘zgaruvchilar yordamida ranglar, o‘lchamlar yoki boshqa qiymatlarni saqlab, ularni qayta ishlatishingiz mumkin.
$primary-color: #3498db;
body {
background-color: $primary-color;
}
2.Nestlash (Nesting);
CSS qoidalarini ichma-ich yozib, tuzilmani aniqroq va cod yozishnin tazlashtiradi.
nav {
ul {
margin: 0;
li {
list-style: none;
}
}
}
- Mixins
Ko‘p ishlatiladigan uslublarni bir joyga yig‘ib, kerakli joyda chaqirish uchun ishlatiladi.
@mixin flex-center {
display: flex;
justify-content: center;
align-items: center;
}
.box {
@include flex-center;
}
- Functions
Hisob-kitoblarni yoki maxsus qiymatlarni qaytaruvchi funksiyalarni yaratishingiz mumkin.
@function rem($px) {
@return $px / 16 * 1rem;
}
body {
font-size: rem(18); // 18px ni rem ga o‘giradi
}
- Inheritance (Meros olish)
Boshqa sinflar uslublarini meros qilib olish imkonini beradi.
%button-styles {
padding: 10px 20px;
border-radius: 5px;
}
.btn-primary {
@extend %button-styles;
background: blue;
}
SASS ning afzalliklari
Kod samaradorligi: Qayta-qayta yozishning oldini oladi.
Katta loyihalar uchun qulaylik: Tuzilmani boshqarishni osonlashtiradi.
O‘qilishi oson: Kod aniq va tuzilmali bo‘ladi.
Javascript Nima ?
JavaScript — bu veb-saytlarga interaktivlik qo‘shish uchun ishlatiladigan dasturlash tili. U dastlab veb-brauzerlarda ishlash uchun yaratilgan, lekin hozirda server tomonida ham ishlatiladi (Node.js orqali).
JavaScript nimani qilishi mumkin?
1.Veb-sahifalarni interaktiv qilish:
- Tugmalarni bosganda harakat qilish.
- Formadagi ma’lumotlarni tekshirish.
- Slider yoki karusel yaratish.
masalan:
document.querySelector("button").addEventListener("click", function() {
alert("Tugma bosildi!");
});
- Dinamik kontent yaratish: HTML va CSS-ni o‘zgartirib, veb-sahifani yangilash.
document.querySelector("h1").innerText = "Yangi sarlavha!";
- API-lar bilan ishlash: Masalan, boshqa xizmatlardan (ob-havo, yangiliklar) ma’lumot olish.
fetch("https://api.example.com/data")
.then(response => response.json())
.then(data => console.log(data));
4.Matematik va mantiqiy hisob-kitoblar:
Kalkulyator yaratish, o‘yinlar yozish, vaqtni hisoblash.
5.Animatsiyalar yaratish:
CSS bilan birgalikda elementlarni harakatlantirish yoki o‘zgarishlarni boshqarish.
JavaScript asosiy xususiyatlari
1.O‘zgarmasligi (Static) emas:
JavaScript bilan sahifa kontenti o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin.
2.Brauzerda ishlaydi:
Har bir brauzer JavaScript-ni tushunadi va ishlatadi. Masalan, Chrome, Firefox.
3.Objektga yo‘naltirilgan:
JavaScript ob’ektlar va metodlar yordamida ishlaydi.
4.Oson integratsiya:
HTML va CSS bilan birga ishlatiladi.
avaScript bilan qanday ishlay boshlash mumkin?
JavaScript-ni o‘rganishni boshlash uchun asosiy mavzular:
O‘zgaruvchilar: let, const, var.
Mantiqiy operatorlar: if, else, switch.
Funksiyalar va arraylar.
DOM bilan ishlash.
Hodisalar (click, hover) va ularning tinglovchilari.
Data typelar
JavaScript-da data typelar (ma'lumot turlari) — bu qiymatlarning turlarini aniqlash uchun ishlatiladi. Ular Primitive (oddiy) va Non-Primitive (murakkab) turlarga bo‘linadi.
Primitive Data Types (Oddiy ma'lumot turlari)
Bu turlar oddiy qiymatlar bilan ishlaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qiymatni saqlaydi.
- String Matn yoki harflar ketma-ketligini saqlaydi.
let name = "Ismingiz";
console.log(name); // "Ismingiz"
- Number Butun va o‘nlik sonlarni saqlaydi.
let age = 25;
let pi = 3.14;
console.log(age, pi); // 25, 3.14
- Boolean true yoki false qiymatlarini saqlaydi (mantiqiy).
let isLoggedIn = true;
console.log(isLoggedIn); // true
- Undefined Qiymat hali aniqlanmagan bo‘lsa, undefined qaytariladi.
let x;
console.log(x); // undefined
- Null null qiymati qiymat yo‘qligini ifodalaydi.
let y = null;
console.log(y); // null
- Symbol Unikal va o‘zgarmas qiymatlar uchun ishlatiladi.
let sym = Symbol("unique");
console.log(sym); // Symbol(unique)
- BigInt Juda katta sonlarni saqlash uchun ishlatiladi.
let bigNumber = 123456789012345678901234567890n;
console.log(bigNumber); // 123456789012345678901234567890n
Non-Primitive Data Types (Murakkab ma'lumot turlari)
Bu turlar qiymatlarni to‘plam shaklida saqlaydi.
- Object Kalit-qiymat juftliklarini saqlaydi.
let person = {
name: "Ismingiz",
age: 25
};
console.log(person.name); // "Ismingiz"
- Array Qiymatlar ro‘yxatini saqlaydi.
let fruits = ["Olma", "Banan", "Uzum"];
console.log(fruits[0]); // "Olma"
- Function Amal yoki kodni bajaruvchi obyekt.
function greet() {
return "Salom!";
}
console.log(greet()); // "Salom!"
** Variables ? **
O'zgaruvchilar (Variables) dasturlashda ma'lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Ularni o'zimiz xohlagan nom bilan belgilab, unga qiymat biriktirishimiz mumkin. Bu qiymat keyinchalik o'zgartirilishi yoki ishlatilishi mumkin.
Oddiy ta'rifi:
O'zgaruvchi — bu quti kabi. Quti ichiga raqam, matn, yoki boshqa ma'lumotlarni solib qo'yishimiz mumkin. Keyin bu qutidagi ma'lumotni oson topish uchun unga nom beramiz.
JavaScript variables
// O'zgaruvchi e'lon qilish
let ism = "Bekmuhammad"; // "ism" degan nomli qutiga "Bekmuhammad" qiymati solindi.
console.log(ism); // Bu "Bekmuhammad"ni ekranga chiqaradi
// Qiymatni o'zgartirish
ism = "Ali";
console.log(ism); // Endi "Ali" chiqadi
misol
let yosh = 25; // Raqam qiymat saqlash
let ism = "Ali"; // Matn qiymat saqlash
const PI = 3.14; // O'zgarmas qiymat
console.log("Mening ismim " + ism + " va yoshim " + yosh);
O'zgaruvchi turlari:
let – O'zgaruvchi qiymatini o'zgartirishingiz mumkin.
const – O'zgarmas qiymatni saqlaydi, keyinchalik uni o'zgartirib bo'lmaydi.
var – Eski usulda ishlatiladi, lekin ko'p hollarda letdan foydalanish tavsiya qilinadi.
Conditional operators (Shartli operatorlar (?) ba'zan ternar operator deb ham ataladi)
JavaScriptda oddiy if-else shartlarini qisqaroq yozish uchun ishlatiladi. Bu usulda ? va : belgilaridan foydalaniladi.
let yosh = 20;
let status = yosh >= 18 ? "Katta" : "Yosh";
// yosh 18 dan kichik yoki teng bo'lsa katta aks holda yosh javobi qaytadi
console.log(status); // Natija: "Katta"
Top comments (0)