DEV Community

Wahid Abduhakimov
Wahid Abduhakimov

Posted on

Bir vaqtda Github va Gitlab'ga parolsiz push qilish

Video ko'rishni afzal ko'radiganlar uchun 👇

SSH Keylarni yaratish

  1. terminal'da ~/.ssh degan papkaga boramiz
  2. papka ichida quyidagi kommandalar orqali github va gitlab uchun alohida ssh keylar yaratamiz. Github va Gitlab email addresslarni to'ldirish esdan chiqmasin. Ular bir xil bo'lsa ham hechqisi yo'q :)
ssh-keygen -t rsa -C "your@github.email"
ssh-keygen -t rsa -C "your@gitLAB.email"
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

2.1. github va gitlab emaillarini to'ldirish esdan chiqmasin

  1. ~/.ssh papkasi ichida code config komandasi orqali yangi config degan fayl yaratamiz va quyidagi kodlarni saqlaymiz
Host github.com
    Hostname github.com
    User git
    IdentityFile ~/.ssh/github

Host gitlab.com
    Hostname gitlab.com
    User git
    IdentityFile ~/.ssh/gitlab
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  1. Githubga kiring va Settings > SSH and GPG keys'ga borib New SSH key tugmasini bosing. 3.1. Title degan joyiga key uchun istalgan nom bering. 3.2. ~/.ssh papkada hosil bo'lgan github.pub fayl ichidagi hamma tekstni ko'chiring va Title tagidagi tekst maydonga tashlang. 3.3 **Add SSH Key* tugmasini bosing.
  2. GitLabga borib Preferences > SSH Keys sahifasiga boring. 4.1. ~/.ssh papkada hosil bo'lgan gitlab.pub fayl ichidagi hamma tekstni 4.2. Key degan tekst maydon*ga yuqorida ko'chirilgan tekstni tashlang 4.3. **Title* degan joyiga key uchun istalgan nom bering. 4.4. Expiration Date*ga shu **key* qachongacha ishlashi kerakligini tanlang. 1 yil keyingi sanani kiritish tavsiya qilinadi* 4.5. **Add Key tugmasini bosib yakunlang

Hammasi tayyor! Endi siz git remote qo'shishda HTTPS linklarni EMAS SSH linklarni qo'shishingiz kerak bo'ladi.

Masalan: Tayyor repositoriyaga quyidagi kodlarni kiritsangiz, u github va gitlab'ga bir vaqtning o'zida kod yuklay oladi.

git remote add github "github repo ssh link"
git remote add gitlab "gitlab repo ssh link"
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Top comments (0)