DEV Community

Cover image for O'zim bilan yuzlashgan birinchi hikoya
Muharram
Muharram

Posted on

O'zim bilan yuzlashgan birinchi hikoya

2022-yil adashmasam aprel oylarida dasturlashni o'rganishnida boshlaganman.Nimaga haligacham dasturlashni o'rgana olmadim?ishli bo'lib ketmadim degan savolga javob bermoqchiman.Boshlash bilan boshlashning farqi bor .
2-o'rganish bilan o'rganish.Dasturlashni o'rganmoqchimisiz? men qilgan xatolarni qilmang.Birinchi o'rinda o'rganmoqchi bo'lgan sohani kirib ko'ring , you tubeda ma'lumotlar bor.Bu sohanida tushunishga harakat qiling.Keyin kurs tanlashda adashmang.Tushunib keta olyabsizmi, hech qachon o'zingizni aldamang.Davomiy o'rganing bir kun qoldirilgan mavzu yoki yozilmagan kod sizni orqaga tortadi.Shunchaki bu savollarni o'zingizga berib ko'ring.
O'zingiz bilan tog'ri bo'lsangiz yashash tarzi osonlashadi.Neda go'zal hayot......

Keyingi bosqich, men kursdan qolib ketdim vaqt tog'ri kelmay va ba'zi sabablar....Ancha kursni kutishga to'g'ri keldi.Shunda self-study qilishni o'rgandim.Ma'lumotlar, you-tube ,documantation o'qishnida o'rgandim.Lekin ancha vaqt yo'qotdim.Shu payti dasturchiliknida to'xtatishni o'yladim...

Yo'q dasturchi bo'lishga qaytdim...........

Kurs boshlandi. Reactdagi "Use reducer" ni tushunishim ham qiyin va buni lekin o'rgansa bo'larkan.Muhimi sabr.Sabrli bo'ling.Tinchlaning, muhimi tinchlaning "ichki xotirjamlik" birinchi o'rinda", sabrsizlik qilmang, tushunmagan conceptni geogledan , you tubedan yoki kurs mentordan so'rashdan uyalmang.Osonroq tushuntirishga harakat qiladi.O'zingizgadir tushuntirishga harakat qiling.Xuddiki boshqalarga tushuntirganday his qiling.

Hozir men shu vaziyatning o'zidaman.Meni holatim shunday.Xulosamda, bugun bir podcast eshitdim.Yaxshilikla yaxshi niyat ila yo'lga chiqsangiz.Bu yo'lda farishtalar sizga ko'makchi qilib qo'yilarkan.Buni siz his qilakansiz.Ilm olish yo'li bu bir yaxshilik yo'lidir, bu bizga farzdir.

Demak birinchi yaxshi niyat , mehnat va mehnat.Yana dasturchi bo'lishga qaror qildim.Kursdanda yo'limdanda qaytmay, yo'limda davom etaman.Bir necha oy qoldi, kurs tugshiga muhimi nimadir o'rganib yaxshida loyihlar qilish.Harakat bizdan.Rizq esa Allohdan.

Bu mening o'zim bilan yuzlashgan birinchida hikoyam edi....
Keyingi hikoyalargacha

Top comments (0)